Aziz yoshlar va muhtaram ustozlar
Talaba yoshlarimizni ushbu illatdan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sog'ligini balki bo'lajak oilalarni butun jamiyat kelajagini hech shubhasiz barbod etadi. Shunday ekan biz- yoshlar, ota onalar va pedagoglar sifatida, har birimiz bu illatga qarshi qat'iy va birlashgan holda kurashishimiz zarur. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib bilmagan holda, vaqtinchalik zavq izlab yohud oson pul topay deb bu illatga aralashib qolib, o'zlarining baxtli kelajagini barbod qilmoqdalar.