Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq hududlarda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan islohotlar hamda ularning ijtimoiy ahamiyatini


Shu munosabat bilan joriy yilning 2-dekabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetining Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari fakultetida “Senator va yoshlar uchrashuvi” mavzusida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi O. Kozixonova, hududdan saylangan senatorlar G. Marufova va Z. Rahmonovlar, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Senatorlar tomonidan yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va parlament faoliyati haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita senatorlarga savollar bilan murojaat qildilar. Yoshlarni ish bilan ta’minlash, IT sohasida kadrlar tayyorlash, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ilmiy izlanishlar va xorijda ta’lim olish jarayonlari borasidagi savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar e’tiborga olinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida bunday muloqotlar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish, yoshlar bilan bevosita muloqotni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.


 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti