Tadbir davomida Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Jumaniyozov tomonidan talabalarga “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida taqdimot materiallari atroflicha tanishtirildi hamda iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Qo‘mita tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar, uning vakolatlari, iste’molchi va sotuvchining huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.