Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida “UzAuto Motors” AJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyun kungi videoselektor yig‘ilishining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlar ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan innovatsion texnik yechimlarni birgalikda ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ xodimlari uchun universitet professor-o‘qituvchilari rahbarligida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish imkoniyatlari, ularning ilmiy ishlanmalarini sanoat amaliyotiga joriy etish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti