Joriy yilning 13-noyabr sanasida feysbuk ijtimoiy tarmog‘idan foydalanuvchi shaxs Shermuhammad Dexqonov "tashvishli habar" heshtegi ostida Farg‘ona davlat texnika universitetida Xitoy tilini o‘qitish markazi ochilganligidan go‘yoki xavotir olib, buni xitoycha yumshoq kuch deya oddiy til o‘rgatish markaziga siyosiy tus berganligi, markazni xitoy madaniyatini ham o‘rgatuvchi markaz deya bo‘rttirganiga guvohi bo‘lingandi.
Shu munosabat bilan, shuni maʼlum qilamizki Xitoy tili o‘qitish markazi, birinchidan, yurtimizdagi boshqa oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yilgan va bunday markazlar talabalarni kelajakda turli sohalarda Xitoyda malaka oshirishlarida, tajriba almashishlarida asqotadi.
Ikkinchidan, rus, turk, ingliz, nemis tillari keng miqyosda o‘rgatilayotgan O‘zbekistonda Xitoy tilini o‘rgatish borasida ham nazarimizda hech qanday tashvishga o‘rin yo‘q.
Uchinchidan, Farg‘ona davlat texnika universitetida Ingliz tili markazi, Yapon tili va texnologiyalar markazi ham faoliyat yurityapti. Xitoy tili markazining ochilishi bu boradagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar doimo rivojlangan davlatlar tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, ilgor texnologiyalarda erishgan yutuqlaridan o‘zi uchun foydalanishida tilning o‘rni muhimligi sir emas. Shu jihatdan ingliz yoku turk tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabasi xitoy tilini ham o‘rgansa bu nur ustiga aʼlo nur bo‘ladi.