Tadbirni universitetning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektori Sh. Dehqonov ochib berdi. Shundan soʼng Farg'ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʼyicha oʼrinbosari B.Kuldashev soʼzga chiqib, mamlakatimizda din sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, vijdon erkinligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha toʼxtalib oʼtdi. U oʼz chiqishida jaholatga qarshi kurashishda maʼrifat eng samarali vosita ekanini, yosh avlodni ilm-fan, vatanparvarlik, bagʼrikenglik ruhida tarbiyalash har birimizning muhim vazifamiz ekanini taʼkidladi.