Tadbirni universitetning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektori Sh. Dehkanov ochib berdi va tadbir ishtirokchilariga FDTU rektori, professor Oʼ. R. Salomovning bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.
Shundan soʼng, universitet kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan professor-oʼqituvchilar oʼrtasida oʼtkazilgan sport musobaqalari gʼolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Gʼoliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirning madaniy qismi yanada koʼtarinki ruhda oʼtdi. Unda Margʼilon maqom teatri jamoasi tomonidan tayyorlab kelingan sahna koʼrinishlari va diltortar qoʼshiqlar ishtirokchilarga birdek manzur bo'lib, unutilmas taassurotlar ulashdi.