Universitet Ilmiy kengashi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xalqaro reytinglarda universitet ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida 2025-yil 6-dekabr kuni
Ishlab chiqarishda boshqaruv, Mexanika-mashinasozlik,
Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetlari professor-o‘qituvchilariga “Universiteti xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha strategik yo‘nalishlar va amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda KPI reyting platformasi, undagi indikatorlar, fakultet va kafedra kesimidagi natijalar, yutuq va kamchiliklar tahlili batafsil ko‘rib chiqildi. 2025 yil davomida platformaga yuklangan ma’lumotlar o‘rganilib, ayrim indikatorlarda uchrayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.