Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarni narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishtirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini misollar orqali ko‘rsatish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida ogohlikni kuchaytirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning sog‘liq, jamiyat va kelajak uchun keltiradigan salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi, noqonuniy yo‘llarga kirib qolmaslik, sog‘lom turmush tarziga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.