Mazkur anjuman doirasida professor-oʻqituvchilar tomonidan energiya samaradorligi yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy innovatsion texnologiyalar, shuningdek, hududiy energetika tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etildi hamda keng muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mavjud muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar topish va sohada kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.