Mazkur yigʻilishni universitetning yoshlar masalalari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.А. Dexkanov ochib berdi.
Yigʻilish davomida media jamoalar sardorlari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi. Xususan, belgilangan mavzular asosida tayyorlangan targʻibot xarakteridagi video lavhalar, jamoalarning o‘z ixtisosliklari doirasida ishlab chiqilgan ijodiy loyihalari namoyish etildi.
Shuningdek, Inklyuziv media klubi tarkibidagi jamoalarning 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyati muhokama qilinib, kelgusi yil uchun aniq maqsad va ustuvor vazifalar belgilab olindi.