Tashrif davomida, Prezident Sh. Mirziyoyevning 22-oktabr kungi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 189-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha bir qator masalalar ko'rib chiqildi, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi va aniq vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birgalikda, universitet texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishildi.