Bugun Farg'ona davlat texnika universiteti madaniyat saroyida “Kitob mening hayotimda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tadbirda, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi- yozuvchi, shoir va tarjimon Sherzod Ortiqov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farida Anis ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida oliygoh Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i I. Majidov tomonidan universitet rektori O‘. R. Salomovning tashakkurnomalari bilan universitet rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi- yozuvchi, shoir va tarjimon Sherzod Ortiqov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farida Anis taqdirlanishdi.

Tadbir davomida ijodkorlar o‘z hayot va ijod yo‘llari, yangi nashr qilingan asarlari, erishgan yutuqlari, chekkan zahmatlari hamda bu yo‘lda kitobning tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirib o’tishdi.


Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti