Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan talaba-yoshlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida “Yangi yil karnavali” bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Dexkanov ochib berib barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi hamda tadbir ishtirokchilariga oliygoh rektori, professor Oʼ.R.Salomovning bayram tabrigini yo’lladi. 

Karnavalning dastlabki qismida “Yil talabasi – 2025” tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, yil davomida faoliyat olib borgan Media jamoalari ham munosib e’tirof etildi.

Turli ko‘ngilochar o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan boyitilgan karnaval barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, chinakam bayramona ruhda o‘tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti