Farg‘ona Yoshlar Texnoparkida Farg'ona davlat texnika universiteti hamda IT park hamkorlikida InnoX inkubatsiya va akseleratsiya o'quv dasturining “Demo Day” tadbiri o‘tkazildi.


Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sh.M.Davlyatov tadbirni ochib berdi hamda talabalarga ilmiy ishlarida yangi texnologiyalarni joriy etishda ulkan zafarlar tiladi.
“InnoX” biznes-inkubator va akselerator dasturi 2-mavsumini 30 ta universitetimiz talabalari muvaffaqiyatli  tamomlab, startap loyihalar taqdimot qilishdi. Loyihalarni rivojlantirish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, investitsiya jalb qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar olishdi.  

Yangi fikrlar, ilhom, texnologiya, kreativlik va innovatsiya uyg‘unlashgan mazmunli tadbir barcha qatnashchilar uchun katta tajriba bo‘ldi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti