Targʻibotning yangi usul va vositalari


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda. Xususan, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim shakllanib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bugun Fargʻona politexnika institutining madaniyat saroyida, Fargʻona viloyati hokimligi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan “Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, targʻibotning yangi usul va vositalaridan samarali foydalanish” mavzusida viloyat oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti