Farg'ona davlat texnika universiteti madaniyat saroyida “Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda universitetning O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish kafedrasi mudiri G. Obidova tomonidan zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik kompetensiyalarning o‘rni va ahamiyati, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish yo‘llari, innovatsion ta’lim metodlari hamda talabalarda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, ta’lim jarayonida uchrayotgan dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda pedagogik faoliyatni yanada takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti