Farg'ona davlat texnika universitetining 1G majlislar zalida universitet professor-o'qituvchilari uchun “Boshqaruv qarorlarini qabul qilish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi


Seminarda universitetning Iqtisodiyot kafedrasi professori I. Ismanov tomonidan zamonaviy boshqaruv tizimida qaror qabul qilish jarayonining nazariy asoslari, strategik va operativ qarorlar o‘rtasidagi farqlar, samarali boshqaruv qarorlarining muhim mezonlari hamda ularni amaliyotda qo‘llash masalalari atroflicha yoritib berildi.
Shuningdek, ma’ruza davomida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tahliliy fikrlash, risklarni baholash, ma’lumotlarga asoslangan yondashuv hamda jamoaviy muhokamaning o‘rni alohida ta’kidlandi. Seminar interaktiv tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi, real hayotiy misollar asosida fikr almashishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti