Seminarda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N. Ismoilov hamda Energetika muhandisligi kafedrasi professori A. Kasimaxunova tomonidan xalqaro va mahalliy grant loyihalarini tayyorlash jarayonining bosqichlari, loyiha g‘oyasini shakllantirish, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, byudjetni to‘g‘ri rejalashtirish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida xorijiy va mahalliy donor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari, loyiha tanlovlarida ishtirok etish talablari, arizalarni topshirishda yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.