Seminarda FDTU Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti N. Rasulov tomonidan zamonaviy boshqaruv tizimida innovatsion menejmentning o‘rni va ahamiyati, tashkilotlarda o‘zgarishlarni faol boshqarish mexanizmlari, innovatsion fikrlashni shakllantirish va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yondashuvlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni joriy etish, o‘zgarishlarga qarshilikni kamaytirish, jamoada moslashuvchanlik va yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Amaliy misollar asosida innovatsion loyihalarni boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish va barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
На русском (https://telegra.ph/Seminar-01-08-5)