Seminarda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Xomidov so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarning oldini olish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
U o‘z ma’ruzasida davlat va nodavlat tashkilotlarida xodimlarning shaxsiy manfaatlari xizmat vazifalariga zid kelmasligi, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi muhimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq real misollar tahlil qilinib, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.