Tashrif doirasida A.T. Yusupov universitet professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida mazmunli va ochiq muloqot shaklida suhbat o‘tkazdi. Unda, shuningdek, universitet Ilmiy kengashi a’zolari ham faol qatnashdi.
Uchrashuv davomida ilmiy faoliyatni tashkil etish, dissertatsiya ishlari sifati, ilmiy darajalar berish tartibi hamda zamonaviy ilmiy mezonlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga professor A.T. Yusupov tomonidan atroflicha, aniq va amaliy tavsiyalar asosida javoblar berildi.