Yig‘ilishda asosiy e’tibor hududda qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni ilmiy asosda hal etishga qaratildi. Xususan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda zamonaviy kimyoviy va texnologik yechimlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.