Mazkur jarayon 2026-yil 12-yanvardan 19-yanvarga qadar davom etib, barcha yakuniy nazoratlar belgilangan jadval asosida, amaldagi tartib-qoidalar, akademik halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.
Yakuniy nazoratlar davomida talabalar tomonidan egallangan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda mustaqil fikrlash darajasi har tomonlama baholanmoqda. Imtihon jarayonlarini adolatli va xolis o‘tkazishni ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati, Magistratura bo‘limi mas’ullari hamda fakultetlar tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.