Joriy yilning 13-yanvar kuni Farg‘‘ona davlat texnika universitetiga Shvetsiyaning nufuzli Lund Universiteti Ijtimoiy fanlar va Huquq sotsiologiyasi bo‘limi rahbari Anna Lundberg tashrif buyurdi.


Uchrashuvda FDTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ilimdorjon Jahongirov va universitet jamoasi ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida FDTU va Lund Universiteti o‘rtasidagi mavjud hamkorlik loyihalari
hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Hozirda tomonlar “MSCA Horizon MOCCA” loyihasi doirasida faol hamkorlik olib bormoqda. Bu hamkorlik FDTU xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy salohiyatni kuchaytirish va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti