


Mazkur tashabbus universitetda tahsil olayotgan yuqori salohiyatga ega, oʻqishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, innovatsion loyihalarda, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov hamda olimpiadalarda faol ishtirok etib kelayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning yutuqlarini ommalashtirish hamda yangi ilmiy gʻoya va tashabbuslarga ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Top-50 roʻyxatini shakllantirishda talabalarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, ilmiy maqolalari, patent va startap loyihalari, jamoat ishlaridagi faolligi hamda ijtimoiy tashabbuslarda ishtiroki asosiy mezon sifatida inobatga olindi.