Joriy yilning 22-yanvar kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida mehmon bo‘lib turgan ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi ekspertlari, universitet talabalari hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Mazkur tadbirda oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonlarini xalqaro ta’lim standartlari asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlarining amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, davra suhbati davomida talabalar fikr va takliflari, ish beruvchi tashkilotlarning kadrlar tayyorlash borasidagi talablari, ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda akademik rivojlanish istiqbollari yuzasidan ekspertlar tomonidan muhim tavsiyalar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti