Joriy yilning 22-yanvar kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida mehmon bo‘lib turgan ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi ekspertlari hamda universitetning professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Mazkur davra suhbatida pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari, shuningdek, o‘qitish jarayonida innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ASIIN ekspertlari tomonidan xalqaro akkreditatsiya talablari, professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, akademik salohiyatni oshirish, talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim modeli hamda baholash tizimlarining shaffofligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti