Pyontek shahri meri Fargʼona davlat texnika universiteti faxriy professori boʼldi


. Fargʼona davlat texnika universitetida Janubiy Koreyaning Pyontek shahri meri Jong Chang Son ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi. 

Unda taʼlim muassasasi rahbariyati, professor-oʼqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Pyontek shahri meri Jong Chang Songa “Fargʼona davlat texnika universiteti faxriy professori” ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Jong Chang Son bildirilgan yuksak eʼtibor va ishonch uchun minnatdorlik izhor etdi. U Fargʼona viloyati va Pyontek shahri oʼrtasida shakllanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari kelgusida yanada kengayib, amaliy natijalar berishini qayd etdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti