Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’


Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Fargʻona davlat texnika universitetida sportning mini-futbol, voleybol, yengil atletika, badminton, stritbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga  start berildi.

Dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng universitet Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Majidov so‘zga chiqib, “Rektor kubogi” musobaqalarini yuqori saviyada, adolat va sport tamoyillariga rioya qilgan holda o‘tkazish lozimligini ta’kidladi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shuningdek, musobaqalarning qura tashlash marosimi o‘tkazilib, jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlarga start berildi. Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti