Kuni kecha institutimizga Janubiy Koreyaning Handong Global Universitetidan delegatsiya tashrifi amalga oshirildi.

Dastlab, delegatsiya aʼzolari va institutning Xalqaro hamkorlik boʻyicha rahbariyati tor doirada istiqbolli hamkorlik masalalari boʻyicha kelishib olishdi.

Kunning ikkinchi yarmi xorijdan kelgan professorlar tomonidan iqtisodiyot, energetika, mexanika-mashinasozlik va sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha seminar koʻrinishida davom etdi.

Bundan tashqari, Handong Global Universiteti vakillari tomonidan UNESCO ning UNITWIN  loyihasi haqida institutimiz professor-oʻqituvchilariga foydali yoʻllanmalar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti