Tadbir avvalida universitet ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do ga Farg‘ona davlat texnika universitetining “Faxriy professori” ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Ku Gi Do ushbu yuksak e’tirof o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidlab, kelgusida universitet bilan ilmiy-innovatsion loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Kengashda “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do "ODA" kompaniyasi bilan hamkorlikda jami qiymati 7 mln. AQSH dollariga teng 6 ta zamonaviy press apparat universitetimizga olib kelishni qayd etib o'tdi. Shuningdek, har yili 10 nafar talaba uchun stajirovkaga grant ajratilishini aytdi.