Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev talabalar turar joyida bo‘lib, dastlab qavat sardorlari bilan uchrashdi.


Talabalar bilan birgalikda O‘zbekiston – Venesuela futbol uchrashuvi tomosha qilinib, samimiy suhbat tashkil etildi.

Rektor va talabalar ishtirokida stol tennisi o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Keyingi uchrashuv talaba qizlar bilan davom etib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi, TTJ psixologi faoliyati o‘rganilib, tegishli takliflar bildirildi.Rektor o‘zining talabalik davrida yashagan xonasida bo‘lib, o‘sha davr xotiralari, talabalik zavqi va mashaqqatlari haqida so‘zlab berdi hamda yoshlarga yuksak marralar sari intilish tilagini bildirdi.

Shuningdek, “Qalqon” jamoasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mas’uliyatli vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti