Tashrif davomida universitet rektori Rustam Tojiyev hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, qo‘shma spin-off kompaniya tashkil etish, universitetda avtomatlashtirish va robototexnika yo‘nalishini rivojlantirish; xalqaro standartlarga mos darslar va treninglar tashkil etish, mahalliy kadrlarni jahon talablari darajasida tayyorlash. Shuningdek, STEP ROBOTIK kompaniyasining bosh muhandisi Tarık AVKAN talabalar uchun seminar va treninglar tashkil etish hamda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashish istagini bildirdi.