Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, “Muhandislik oyligi”ga rasman start berdi. Ochilish marosimida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari Zoom platformasi orqali faol ishtirok etishdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan an'anaviy tashkil etib kelinayotgan ushbu anjuman mamlakatimizda muhandislik sohasini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etish hamda innovatsion fikrlashni rag‘batlantirishga qaratilgan.