Farg‘ona davlat texnika universitetida mazkur oylik doirasida turli sport va intellektual tanlovlarga start berildi


Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev “Oliygoh kubogi” tanlovini tantanali ravishda ochib berdi. O‘z nutqida u bunday musobaqalar yoshlarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va intellektual rivojida ham muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.Mazkur musobaqalar doirasida talabalar turli yo‘nalishlarda o‘z mahorat va salohiyatlarini namoyon etishdi. Har bir bellashuv yuqori kayfiyat, qiziqarli bahslar va do‘stona muhitda o‘tdi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti