Joriy yilning 15 noyabr kuni Farg‘ona politexnika instituti madaniyat saroyida "Biznes kvadrat", "Yuksalish" liderlar akademiyasi hamda "Patronlar ligasi" loyihalari asoschisi, notiq, tadbirkor, motivator va biznes trener, yoshlarimizning kumiriga aylanib ulgurgan fenomen Muhammadali Eshonqulov talaba yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Botirov va rektor yordamchisi Sh. Dehqonovlar moderatorlik qildilar. Mazkur uchrashuv davomida Ona vatanga sadoqat, ota-onaga va ustozlarga hurmat, vaqtning qadriga yetish, vaqtni rejalashtirish, muvaffaqiyatga erishish sirlari, buyuk tarixiy shaxs va siymolarning ibratli hayoti, yoshlarning o‘z oldilariga ulkan maqsad qo‘yishlariga oid talabalarga qimmatli ma’lumotlar va tavsiyalar berildi, tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirgani va kelajakka, hayotga yanada nekbinlik bilan nigoh tashlashlarida muhim ahamiyat kasb etdi.