Ochilish marosimida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ishtirok etib, yig‘ilganlarga samimiy tilaklarini bildirdi hamda sog‘lom turmush tarzi va sportning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida nutq so‘zladi. Rektor o‘z chiqishida talabalarni faol bo‘lishga, sport orqali nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham yuksalishga chaqirdi.
Mazkur olimpiada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, uning doirasida basketbol, voleybol, g‘andbol, yengil atletika, stol tennis va futbol sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.