O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi


Universitet majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlikni samarali yo'lga qo'yishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev,  Farg‘ona viloyati kamondan otish federatsiyasi boshlig‘i Shavkat Akbarov hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.  Yig'ilish davomida universitet rektori R.Tojiyev kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ko'tarilgan ustuvor yo'nalishlar haqida to'xtalib o'tdi.  Yig'ilish davomida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat talaba-yoshlarini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ayniqsa, milliy sport turlaridan biri bo‘lgan kamondan otish sportini ommalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti