Mazkur memorandum talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni rivojlantirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
talabalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
oliy ta’lim muassasasida sport to‘garaklari va klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
turli sport musobaqalari va ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi seminar va loyihalarni amalga oshirish;
Shuningdek, tomonlar “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Sport sinovlari”, “Universiada”, “Talabalar ligasi”, “Vazir kubogi”, “Rektor kubogi”, “Oliy ta’lim kubogi”, “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” va boshqa ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlandi