Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻmitasining Ilmiy-texnikaviy hamkorlik komissiyasining 7-yig’ilishi bo’lib o’tdi


Ushbu komissiya yalpi yig’ilishida Farg’ona davlat texnika universiteti prorektori I.Jaxongirov fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan takliflar bo’yicha ma’ruza qildi.

Maruzada quyidagi takliflar ilgari surildi:

O‘zbekiston-Xitoy muhandislik-texnika oliygohlari assotsiatsiyasining tashkil etish;

olimlar va tadqiqotchilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yagona raqamli platformani ishlab chiqish;

 universitetda Xitoy investitsiyalari ishtirokida qo’shma innovatsion (venchur) fond tashkil etish;

hamkorlikda spin-off kompaniyalarni tashkil etish, rivojlantirish;
qo'shma ilmiy va ta'lim markazlarini tashkil etish.

Yalpi yig’ilish yakunida Komissiyaning bayonnomasi Xitoy fan va texnologiya vazirligi hamda O’zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imzolandi.
 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti