Farg'ona davlat texnika universitetida “Oliygoh kubogi” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi


Mazkur tanlov muhandislik sohalarida yoshlar salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilib, umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etdi. Tanlov doirasida sun’iy intellekt, dron racing, kiberxavfsizlik, 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari, eng yaxshi ko‘prik konstruksiyasi, eng yaxshi g‘oya va eng yaxshi loyiha yo‘nalishlarida jami 352 nafar talaba ishtirok etdi. Ularning orasidan 60 nafari g‘olib deb topilib, 4 ta startap loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti