Universitet 1- gallareyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, viloyat hokimining IT masalalari bo‘yicha maslahatchisi B. Jalilov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i J. Jumanov va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida universitet rektori R.Tojiyev davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan IT sohasini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i J. Jumanov yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, yangi “Osonish.uz” platformasi imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv yoshlar uchun muhim motivatsiya va yangi imkoniyatlar manbai bo‘ldi.