Mazkur marafonda yurtimizning turli sohalarda ulkan natijalarga erishgan tajribali tadbirkorlari, rahbarlari va muvaffaqiyatli spikerlari ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazmoqda.
Tadbirda “Yuksalish liderlar akademiyasi” asoschisi Muhammaddali Eshonqulov, Millat Umidi Universiteti rektori va ILTS ADP asoschisi Umid Eshmuxammedov, “Moliya UZ” asoschisi Shoxida Ibragimova, “Dentos” klinikalar tarmog‘i asoschisi Feruza Usmonaliyeva, “La Esmeralda” restoranlar tarmog‘i asoschisi Azim Bayanxanov hamda “Mnemonist” mnemonika rekordchisi Davron Turdiyev qatnashishmoqda.
Uchrashuv davomida spikerlar o‘zlarining hayot yo‘li, biznes boshlashdagi qiyinchiliklar, muvaffaqiyat sari intilish, qat’iyat, mehnat va zamonaviy bilimning ahamiyati haqida so‘z yuritishmoqda.