Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun saralash bosqich tanloviga hujjat topshirgan talabgorlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-avgustdagi 226-son qarorining 2-ilovasidagi Nizom talabalari asosida Chet tili (ingliz, nemis), Oʻzbekiston tarixi, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan imtihon (test) jarayonlari boshlandi!
Imtihonni Farg'ona politexnika instituti rektori O'. Salomov yoshlarga motivatsiya beruvchi so'zlar bilan ochib berib, barchaga omad tiladi!
Eslatib o’tamiz, imtihon natijalarini eʼlon qilish tartibi:
-Talabgorlarning javoblari test natijalari imtihon komissiyasi tomonidan baholanadi;
-Natijalar farpi.uz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Apellatsiya berish tartibi:
-Natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar test natijalari eʼlon qilingan kun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin;
-Boshqa kunlar bildirilgan eʼtirozlar inobatga olinmaydi.