Bugun Farg’ona politexnika institutida “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni institutning 1-prorektori M.Botirov ochib berdi.
- Innovatsiya hozirgi kunda dunyoni rivojlanishiga katta hissa qo’shib kelayotgan jarayon hisoblanib, bu jarayonda bevosita ayollarning faol ishtiroki quvonarli. Ayollar jamiyatning bo’lagi, sizlar bir qo’lingizda beshikni, bir qo’lingizda esa dunyoni tebrata oladigan matonat va sadoqat timsolisizlar – deydi, 1-prorektori M.Botirov.
Tanlovda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Kamila Kavlanova, Farg‘ona politexnika instituti xotin-qizlar kengashi raisi Kamola Xakimova, Farg‘ona davlat universiteti professor o’qituvchilari hamda fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari ishtirok etishdi.
Hozirda hududning hunarmand, tadbirkor, tashabbuskor, intiluvchan va hayot zarvaraqlarida yangi izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar tayyorlagan na’muna ishlari va hujjatlari saralash bosqichi bo’lmoqda.
Shuningdek, institutda viloyatimizning hunarmand, tikuvchiu va inovatsion loyihalariga ega bir guruh xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan ishlarining ko’rgazmasi ham tashkil etildi.