Namangan muhandislik qurilish instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi


Bugun Farg’ona politexnika institutiga Namangan muhandislik qurilish instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari institut tarixi va hozirdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 


Oliygohda tashkil etilgan talabalarga ximat ko‘rsatish markazi, innovasiya markazi, Biznes-inkubator, xorijiy tillar o‘qitish, media, loyihalar va eksperemental ishlab chiqarishi, poligrafiya markazlari, ilmiy tadqiqot va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi, ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami15 markaz, 2 ta Farg‘ona politexnika instituti tasischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati hamda 12 ta spin-off kompaniyalar faoliyati va  o‘quv labaratoriyalarini ko‘zdan kechirishdi.


O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan institut bilan uzviy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti