Farg’ona politexnika institutida 2022-yilning olti oyi davomida talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ahvoli va kelgusida ularni sodir etilgan jinoyatlarning ahvoli va kelgusida ularni sodir etilishiga yaratilgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko’rish yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokama bo’lib o’tdi.
Muhokamada Farg’ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi kata inspektori, mayor A.Hayitboyev, institut birinchi prorektori M.Botirov, ijtimoiy — maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish boʻyicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, kata yuristkonsult M. Latipov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i B. Abduhalilov, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan 1-prorektor M.Botirov so‘z olib, bugungi kunda ichki ishlar va tegishli tashkilotlar tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarlikka qarshi profilaktik tadbirlar olib borishga alohida e’tibor berilishi bilan bir qatorda talaba-yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni ko‘payib borayotganligi achinarli holat ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, bo‘lim boshlig‘i B.Abduxalilov Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 2022-yil 14-iyul kungi “Farg‘ona politexnika institutida 2022-yilning 6 oyi davomida talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ahvoli va kelgusida ularni sodir etilishiga yaratilgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi” taqdimnomasini o‘qib eshittirdi.
Statistika tegishli dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va institut kontingenti mavjud elektron baza orqali tahlil qilindi.
Muhokama jarayonida ota-onalarning, jinoyat sodir etgan talabalarning mulohazalari hamda masul mutaxassislarning fikrlari tinglandi. Kelgusida talabalar tomonidan jinoyatchilik holatlarini sodir etilmasligi yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Talabalar va ularning ota-onalaridan kafolat xatlari olindi.
Talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning aksari huquqiy bilimning yetishmasligi bois sodir etilishini inobatga olgan holda yangi o‘quv yili davomida tizimli ravishda huquqiy savodxonlik targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Huquqiy bilimlarni oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish yuzasidan institutda sayyor sudlar o‘tkazish bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlik ishlari olib borilishi rejalashtirildi.
Talabalar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik holatlarini oldini olish bo‘yicha barcha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish vazifalari yuklatildi.