Avval xabar berganimizdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, talabalarga yuqori saviyada bilim olish uchun sharoitlar yaratilganligini ko‘rish maqsadida, Farg‘ona politexnika institutiga tashrif buyurgan edi.
Tashrif davomida, vazir o‘rinbosari institutda faoliyat olib borayotgan ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 15 ta markaz, spin-off korxonalari hamda 2 ta Farg‘ona politexnika instituti tasischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 2 markaz va 3 ta spin-off korxonalari bilan yaqindan tanishdi. Mexanika va mashinasozlik fakulteti qoshida 2021 yilda “Ilmiy-tadqiqot va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” markazi tashkil etildi.
Markaz tarkibidagi “FARPI MECH TECHNO” spin-off korxanasi faoliyatini tashkil etishga jami 8 409 480 ( Sakkiz milliard to‘rt yuz to‘qqiz million to‘rt yuzi sakson ming so‘m) mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundanb 3 500 000(uch yarim milliardi) Islom Taraqqiyot banki, institutning “Innovasion jamg‘armasi” hisobidan esa 2 820 000(ikki milliard sakkiz yuz yigrma ming so‘m) hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 1 393 480 ming(bir milliard uch yuz to‘qson uch million to‘rt yuz sakson ming so‘m) mablag‘lar yo‘naltirildi.
“FERPI MECH-TECHNO” va “FerPI RE-ENG” spin-off korxonalari tadqiqotchilarining umumiy qiymati 3,6 mlrd so‘mlik “Ta’lim, fan va ishlab chiqarishga kompyuter modellari, intellektual nazorat-o‘lchov asboblari asosidagi avtomatlashtirish, standartlash, sertifikatsiyalash va metrologik muammolar, hamda reinjiniringini ishlab chiqash va tadbiq etish” loyihasi “FERPI MECH-TECHNO” spin-off korxonasida “NAM MOTOR SERVIS” va “Farg‘ona izlanish-ixtiro texnologiyasi” MCHJ dan qiymati 250 mln so‘mdan ortiq buyurtmalar qabul qilinib, tayyor mahsulot ishlab chiqarmoqda.
“Ilmiy-tadqiqot va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” markazi qoshidagi “FERPI MECH-TECHNO” va “FerPI RE-ENG” spin-off korxonalari loyihalari doirasida hozirda 20 nafar talaba-yoshlar ish bilan taminlangan. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach qo‘shimcha 120 nafar talaba ish bilan ta’minlanadi.
(2 minutdan) Shuningdek, institutdagi “Qurilish sinov laboratoriyasi” ilmiy tadqiqot markazi faoliyati xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak; Markaz 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarkibiga “FarPI HITECH ENGINEER” spin-off korxonasi biriktirilgan.
Markaz 17 turdagi qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan o‘tkazish mo‘ljallangan. Markazni faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida, 352 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki 1,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari hisobidan yuqori aniqlikda ishlavchi zamonaviy jihozlar sotib olingan.
Markazda yiliga 1 mlrd so‘mdan ortiq shartnomalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Quvonarli jihati ushbu markazda 10 dan ortiq talaba bandligi ta’minlandi. “FERPI INNO” spin-off korxonasi faoliyatini tashkil etish maqsadida, 495 million so‘m pul ajratilgan bo‘lib, zamonaviy mebellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu korxonada 15 dan ortiq mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kungacha korxona tomonidan 131 million so‘mlik qo‘shimcha daromad ishlab topildi hamda qiymati 630 million so‘mlik shartnoma imzolandi.