Farg’ona politexnika institutida 2022-2023 o‘quv yiliga tuziladigan mehnat shartnomasi uchun tyutorlikka talabgorlar uchun suhbat jarayonlari boshlandi. Institut rektori O’. Salomovning “Komissiya tasdiqlanishi hamda faoliyat olib borishiga ruxsat berish to’g’risida” gi tegishli Buyrug’i chiqarildi.
Institut rektori O’. Salomovning “Komissiya tasdiqlanishi hamda faoliyat olib borishiga ruxsat berish to’g’risida” gi tegishli Buyrug’i chiqarildi.
Suhbat jarayonlarida 165 nafar talabgorlar ishtirok etishmoqda. Dastavval institut birinchi prorektori M.Botirov ishtirokchilarga bugungi suhbat jarayonlari haqida hamda korrupsion holatlarga aslo yo’l qo’ymaslik borasida tushuncha berib o’tdi.
Ushbu suhbat jarayonlari videokuzatuv orqali yozib olinmoqda. Bu esa suhbatning shaffofligini oshiradi..
Hozirda o‘tgan o‘quv yilida faoliyat olib borgan hamda institutda ishlagan xodimlar uchun suhbat jarayonlari bo’lib o’tmoqda.